ITEP (International Test of English Proficiency)

17 May 2023 • Yangiliklar

Programmer

Oldinlari chet-el da o`qish yoki o`zimizda turli davlat ta`lim markazlarida ishga kirish uchun, bizga ingliz tili darajimizni aniqlab beruvchi asosan ikki xil turdagi, IELTS yoki TOEFL imtihonlari mavjud bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni bir nechtaga yetdi.

Bugungi postda xuddi shu kabi imtixonlardan biri bo`lgan iTEP yani International Test of English Proficiency haqida qisqacha ma`lumot bermoqchiman. Post so`ngida esa ajoyib yangilimiz bor.

Ushbu imtixon O’zbekiston davlat ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo`lib, iTEP imtihonidan o`tganlarga o`z ingliz tili darajisini ko`rsatib beruvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Va sertifikat orqali siz nafaqat O’zbekistondagi va balki dunyoning ko`plab nufuzli oliygohlarida Bakalavr, Magistratura va Doctorantura bosqichlariga o`qishga qabul qilinishingiz mumkin.

Faqatgina bu emas, balki hozirda maktab va universitetlarda o`z faoliyatlarini yuritib kelayotgan uqituvchilarimiz iTEP sertificatini qo`lga kiritish orqali, oylik maoshlariga qushimcha 50% gacha ustama ish haqqi olishlari mumkin.

Tabiiyki sizda ushu imtihon haqida turli xil savollar bulishi mumkin, shu uchun keling hozir sizlarga iTEP haqida 5 kerakli malumotlar sanab o`taman.

  1. Test topshirish narxining arzonligida.
  2. Test atigi 90 daqiqa davom etadi.
  3. Test natijangizni tez chiqishi.
  4. Test to`liq online shaklda o`tkaziladi.
  5. iTEP imtixoni sizni 5 bosqichda grammar, listening, reading, writing, va speaking dan ingliz tili darajangizni tekshirib beradi.

Endi esa siz uchun ajoyib yangilimiz bor.

Agarda siz iTEP imtihonidan a’lo baholar bilan o’tmoqchi bo`lsangiz English Campus o`quv markazi bu borada sizga yordam berishga tayyor.

Endilikda bizning o`quv markazda siz nafaqat iTEP imtixonini topshirish balki iTEP kurslarimizga qatnashib iTEP imtixoni haqida kerakli bilim va ko`nikmalarga bo`lib, undan yuqori ballar bilan o`tishingiz mumkin.

Shuyerda bir muhim malumotni sizga aytib o`tmoqchimiz: Ushbu kurs sizga shunchaki iTEP imtixoni haqida ma`lumot berish yoki testda sizlarni nimalar kutishi haqida bo`libgina qolmay, balki iTEP tomonidan ishlab chiqilgan o`quv kitoblari orqali sizning Grammar, Listening, Reading, Writing, va Speaking dagi darajangizni oshirib berishda katta yordam beradi.

Kursning eng katta avfzalligi esa uning online va offline shaklda bo`lishidir.

Yani siz o`quv markazimizga tashrif buyurib darslarni offline tarzda yoki masofadan turib online tarzda siz uchun qulay bo`lgan joyda olishingiz mumkin. Bu albatta sizga vaqtingiz va mablag’ingizni tejashda yordam beradi.

Kurs haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lish uchun o`quv markazimiz raqamlariga qo`ngiroq qilishingiz mumkin.

Batafsil malumot olish uchun